


Kalsiy-Magniy-Sink
Vitamin D, kalsiy, magniy, sinkning qo’shimcha manbai
- Suyaklar va tishlarning salomatligini saqlashga imkon beradi
- Soch, teri va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi
Kalsiy-Magniy-Sink
Kalsiy suyak to’qimasini va tishlarni mustahkamlash uchun zarurdir. Magniy kalsiyning so’rilishiga ta’sir etib, uning suyak to’qimasidan “yuvilishini” oldini oladi. Shu bilan birga, magniy asab impulslari va mushaklarning qisqarishi jarayonlarida zarur bo’lib, shu sababdan uni qabul qilish stress va jismoniy faoliyatda juda muhim hisoblanadi. Sink, o’z navbatida, suyak to’qimalarining sog’lom shakllanishiga ta’sir ko’rsatib, immunitetni oshiradi, soch to’kilishini oldini olib, terida yallig’lanish va yog’li porlashlarni oldini olishga yordam beradi. Stress darajasining oshishi ushbu minerallarning organizmdan chiqarilishini kuchaytiradi va ularning yetishmasligiga olib kelishi mumkin.
“Kalsiy-magniy-sink” tarkibida optimal fiziologik nisbatda kalsiy va magniy, shuningdek ularning so’rilishini maksimal darajada oshirish uchun vitamin D₃ mavjud bo’lib, bu organizmdagi mineral balansni to’ldirish hamda normallashtirishga yordam beradi.
Tavsiya etilgan qabul qilish (1-2 tabl.) tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
kalsiy – 333-666 mg, magniy – 133-266 mg, sink- 8,3-16,6 mg, vitamin D3 – 200 ME (5 mkg) -400 ME (10 mkg), bu sutkalik qabul qilishning tavsiya etilgan darajasining 33%-66%, 33%-66%, 55%-110%, 100%-200% ni tashkil qiladi.
Qanday qabul qilish lozim: Kattalarga kuniga 1 tabletkadan 1-2 marta ovqat vaqtida.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: Komponentlarga individual sezuvchanlik. Qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim. Homilador va emizikli ayollar shifokor tavsiyasi va nazorati ostida qabul qilishi kerak.
Yangiliklar




Qayerdan sotib olish mumkin?
